Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Ziyo ulash” aksiyasi doirasida fuqarolarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi


Kitob – ma’naviyat va tafakkur timsoli. Uni ulashish esa faqat bilim emas, nur ulashishdir. Shu g‘oya asosida Mirzaobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasi davom ettirilmoqda.

Tadbir doirasida Adliya bo‘limi xodimlari Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanish uchun kelgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ular orasidan kitob o‘qishni sevuvchi, mutolaa bilan do‘st fuqarolarga turli janrdagi badiiy, tarixiy hamda motivatsion kitoblar tuhfa qilindi.

Zotan, “Ziyo ulash” aksiyasining asosiy maqsadi – fuqarolar, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamiyatda ma’rifatli muhitni qaror toptirishdan iboratdir.