Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Shirin shahar Adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun munosib ish o‘rinlarini topish, ularning mehnat huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi.

Yarmarkada FHDY, YXKM  va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlari ko‘rsatilib, ular tomonidan bildirilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda monomarkazda o‘qiyotgan 2 nafar yosh mutaxassis shahardagi tikuvchilik korxonasiga ishga joylashtirildi.

Tadbir davomida mehnat huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ijroga qaratildi.