Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi suhbat va xizmat sifati muhokama qilindi


Mirzaobod tuman adliya bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlarning holati hamda ularning sifati Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining davlat xizmatlaridan foydalanishdagi qulayliklari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy maslahatlar berish sifati hamda xizmat ko‘rsatishdagi ochiqlik va shaffoflik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tizim xodimlari bilan kasbiy odob va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida mehnat intizomi va xizmat odobiga qat’iy rioya qilish, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi. Jamoada sog‘lom ish muhitini shakllantirish, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.