Янгиликлар
02
Yangiyer shahar adliya bo‘limi faoliyati atroflicha o‘rganildi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Yangiyer shahar adliya bo‘limida bo‘lib, aholiga taqdim etilayotgan huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish holatini o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar amaliyoti, mavjud tartib-taomillar, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, adliya vazirligi hamda boshqarma tomonidan yuboriyotgan topshiriqlar ijrosi chuqur tahlil qilindi.
Tahlillar asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish va samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbir doirasida bo‘lim xodimlari bilan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbat ham tashkil etildi.