Янгиликлар
02
"Huquqiy targ'ibot kuni"da energoresurslar bilan bog'liq yangiliklar targ'ib qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Bahor mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
"Huquqiy targ'ibot kuni" doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, ahamiyati, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish, noqonuniy ulanishlar va isrofgarchilikka qarshi kurashish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan quyosh panellarining afzalliklari haqida ko‘rgazmali vositalar yordamida tushuntirishlar berildi. Quyosh energiyasidan foydalanishning iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali yechim ekanligi, hamda energiya manbalaridan foydalanish orqali xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, tarqatma materiallar orqali fholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.