Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Huquqiy mahalla” loyihasi amalda


Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Shodiyona mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Uchrashuvlar davomida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.  Shuningdek, adliya mas’ullari fuqarolarga qonuniy huquqlari, majburiyatlari hamda mavjud davlat xizmatlari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.

Aniqlangan muammolar orasida yer va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq masalalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish, ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy huquqlarini himoya qilishga doir turli masalalar mavjud edi. Muammolarning ayrimlari joyida hal qilindi, qolganlari esa “Huquqiy mahalla” platpormasiga kiritilib, o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.