Янгиликлар
04
"MAHALLA HUQUQSHUNOSI" LOYIHASI AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, adliya idoralari tomonidan mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va “Mahalla huquqshunosi” loyihasini samarali amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Shirin shahrida 7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat olib bormoqda, ularning umumiy aholisi 19 420 nafarni tashkil etadi. Adliya bo‘limi tomonidan ushbu mahallalarni metodik jihatdan ta’minlash, ularning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar kitob shaklida chop etilib, shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi.
Shuningdek, ushbu qo‘llanmalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida mahalla yettiligiga zarur tavsiyalar berildi.