Янгиликлар
04
Oqoltin tumanida "Adliya kuni" o‘tkazildi
Oqoltin tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan "Ahdijon" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-sonli Farmoni farmoni yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Ucharshuv davomida fuqarolarning muammolari tinglanib, zarur huquqiy maslahatlar berildi.