Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ayniqsa, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan fuqarolarni ro‘yxatga olish orqali ularning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Yangiyer shahar FHDY bo‘limi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shahar “Ma’rifat” mahallasida yashovchi Ilyosovlar oilasining ko‘p yillik muammosi hal etildi.

Ushbu oilaning ikki nafar farzandi qonuniy tartibda otalik huquqiga ega bo‘lmaganligi bois, ular tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega emas edilar. Bu holat ularning kelgusidagi ta’lim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va boshqa huquqlardan foydalanishida to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.

Yangiyer shahar FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan sud orqali murojaat qilinib, farzandlarga nisbatan otalik belgilanib, sud qarori asosida ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari rasmiylashtirildi.