Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAYYOR XIZMAT - QULAY IMKONIYAT




Oqoltin tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan Mustaqillik mahallasida aholiga sayyor xizmat ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ulardan foydalanish bo‘yicha, shuningdek,  mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish usullari va qulayliklari tushuntirildi.

Sayyor xizmat davomida bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 20 dan ortiq davlat xizmatlari  ko‘rsatildi.