Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Yangi Qishloq”dagi infokiosk — aholiga qulaylik va tezkor xizmat


Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida jurnalistlarga “Yangi Qishloq” mahallasida faoliyat yuritayotgan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish infokioskining samaradorligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Yangi Qishloq” mahallasida 7 426 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Davlat xizmatlarini aholi yashash joylariga yaqinlashtirish va qulaylik yaratish maqsadida, ushbu mahallada Davlat xizmatlari markazi tomonidan markazdan 15 km uzoqlikda joylashgan hududga o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish infokioski o‘rnatilgan.

Infokiosk orqali fuqarolar yashash joyi to‘g‘risida, doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, notarius xizmatlari, litsenziyalar kabi 44 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-yil davomida infokiosk orqali jami 2 480 ta xizmat ko‘rsatilib, bu Sardoba tumanidagi barcha davlat xizmatlarining 7 foizini tashkil etdi. 2025-yilning birinchi yarmida esa aholiga yana 1 460 ta xizmat ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida OAV vakillari infokioskning ishlash tartibi bilan tanishdilar hamda aholi bilan suhbatlashib, mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr-almashdilar.