Янгиликлар
09
Shirin shahar Adliya bo‘limida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi
Shirin shahar adliya bo‘limida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.Tadbir davomida jurnalistlar adliya bo‘limining asosiy faoliyati, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Xususan, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam, elektron davlat xizmatlarining joriy etilishi, shuningdek, adliya organlari tomonidan huquqiy targ‘ibot ishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, press-tur doirasida OAV vakillari amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etib, adliya bo‘limi tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati va aholining murojaatlari bilan ishlash tartiblari bilan tanishishdi.
Tadbir yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi.