Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


Bugun Guliston davlat universitetida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” shiori ostida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchilar va ish izlovchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, shuningdek, mehnat munosabatlarida ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur yarmarkada Sirdaryo viloyati va Guliston shahri hududidagi turli korxona va tashkilotlar, ish beruvchilar ishtirok etdi. Ular tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi, talabgorlar bilan suhbatlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga mehnat huquqlari, mehnat shartnomalarini tuzish tartibi, mehnatga oid qonunchilikdagi yangiliklar, ish beruvchining va xodimning majburiyatlari hamda huquqlari haqida atroflicha huquqiy tushunchalar berildi.

Mehnat yarmarkasi doirasida tashkil etilgan maslahatlar, seminarlar va amaliy suhbatlar orqali ko‘plab yoshlar o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlarini tanlash imkoniga ega bo‘ldi.