Янгиликлар
11
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi PF-80-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-sonli farmonining ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, anjumanda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar, mahalla yettiligi faoliyatini metodik jihatdan ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.