Янгиликлар
11
Jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun press-tur tashkil etildi
Bugun Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun “Statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida press-tur tashkil etildi.
Press-tur doirasida boshqarma bo‘limlarining kundalik ish faoliyati bilan bog'liq jarayonlar tanishtirilib, Milliy statistika qo‘mitasi va statistika boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, ularning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi Axborot va media markazi tomonidan tayyorlangan “Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari – aholi turmush darajasini aks ettiruvchi muhim statistik manba”, “O‘zbekistonda narx kuzatuvlari va inflyatsiya darajasini shakllantirish”, “Hisobotlar topshirishda tadbirkorlar uchun yanada qulay imkoniyatlar” mavzularidagi videoroliklar namoyish etildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob oldilar.