Янгиликлар
14
Harbiy qismda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son SCHR batalyonida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” shiori ostida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi ish o‘rniga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, shuningdek, mehnat munosabatlarida ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur yarmarkada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi, talabgorlar bilan suhbatlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan mehnat huquqlari, mehnat shartnomalarini tuzish tartibi, mehnatga oid qonunchilikdagi yangiliklar, ish beruvchining va xodimning majburiyatlari hamda huquqlari haqida huquqiy tushunchalar berildi.