Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilmoqda


Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan "Birlashgan" va “Paxtakor” mahallalarida o‘tkazilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbirida uyma-uy yurib, aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida aliment undirish, mulk huquqi, nikoh va ajrim, meros masalalari, subsidiya va ijtimoiy nafaqa olish tartibi kabi dolzarb masalalarda murojaatlar kelib tushgani kuzatildi. Har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga individual tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yechimini talab qiladigan ayrim masalalar "Online mahalla" platformasiga kiritilib, qonunchilik talablari asosida o‘rganiladigan bo‘ldi.