Янгиликлар
14
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida muammo o‘z yechimini topdi
Yangiyer shahrining Binokor mahallasida yashovchi Xudoyberdiyevlar oilasining hujjatlar bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal etildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ko‘rsatilgan huquqiy yordam natijasida sud qaroriga asosan oilaning uch nafar farzandiga otalik belgilanib, ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari rasmiylashtirildi.
Mazkur hujjatlar Yangiyer shahar FHDY bo‘limi tomonidan rasmiy tarzda topshirildi.