Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

16 YILLIK SHAR’IY NIKOH QONUNIY RASMIYLASHTIRILDI


Oila - muqaddas qo‘rg‘on. Uni mustahkam tutib turuvchi rishta bu nikohdir.

Oqoltin tumani Ahillik mahallasida yashovchi Isakovlar oilasi 16 yildan buyon shar’iy nikoh asosida birga hayot kechirib kelayotgan edi. Biroq nikohning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmaganligi tufayli oila yillar davomida turli huquqiy muammolarga duch keldi, davlat idoralari ostonasida sarson bo‘lgan kunlari ham oz bo‘lmadi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida tuman FHDY bo'limi tomonidan ushbu masala atroflicha o‘rganilib, hech qanday moneliklar aniqlanmaganligi bois, Isakovlar oilasining 16 yillik shar’iy nikohi qonuniy ravishda qayd etildi.