Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"MAHALLA HUQUQSHUNOSI" LOYIHASI AMALDA


“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, adliya idoralari tomonidan mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va “Mahalla huquqshunosi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mahallalarni metodik jihatdan ta’minlash, ularning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar kitob shaklida chop etilib, barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi.

Shuningdek, boshqarma ishchi guruhi tomonidan mahallalardagi ish yuritish holati o‘rganilib, 33 ta mahalla ish yuritishda namunali mahalla deb topildi.

Namunali mahallalarga viloyat Adliya boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.