Янгиликлар
16
Guliston shahar Adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Yangi binoda fuqarolar va tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat ko‘rsatish zalida bir vaqtning o‘zida 17 ta qabul oynasi orqali 400 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, mini-kutubxona va Wi-Fi hududi, maslahat xizmatlari va huquqiy axborot stendlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan yo‘laklar, kutish zallari va mobil qurilmalar uchun quvvatlagich joylari mavjud. Kelin-kuyovlar uchun maxsus fotosuratga tushish maydoni - fotozona tashkil etilganini esa yangicha yondashuv sifatida e’tirof etish mumkin. Milliy an’analar va zamonaviy dizayn uyg‘unlashgan bu maydon yosh oilalarning eng unutilmas lahzalarini tarix zarvaraqlarida muhrlab qoldirishga xizmat qiladi.