Янгиликлар
17
Shirinda huquqiy targ‘ibot kuni
Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlar markazi binosida axborot kutubxona markazi va madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbai” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek tadbirda anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, xodimlarning korrupsiyaga oid fikrlari o‘rganildi.
Ayniqsa, sayyor davlat xizmatlarining tashkil etilgani ishtirokchilar uchun yanada qulaylik yaratdi.