Янгиликлар
17
HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI
Xovos tumani adliya bo‘limi va 1-son FHDY bo‘limi tomonidan Prezidentning PF-80-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyer mahallasida yashovchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro Z. Kodirkulovaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qolganligi va bu holat uning nofaqa olishida to‘siq bo‘layotgani aniqlandi.
Murojaat asosida Xovos tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan fuqaroning arizasi qabul qilinib, eksterritorial tamoyil asosida Jizzax viloyati Arnasoy tumani FHDY bo‘limidagi tug‘ilganlik qaydi yozuviga JSHSHIR raqami biriktirildi hamda fuqaroga takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.