Янгиликлар
17
SARDOBADA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va ularni behuda sarflanishining oldini olish, shuningdek energiya samaradorligini oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Sardoba tuman davlat xizmatlari markazida mazkur yo‘nalishdagi tartiblarni aholiga tushuntirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga energiya resurslaridan oqilona va tejab-tergab foydalanish bo‘yicha amaldagi tartiblar, huquqiy asoslar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–133-son “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, ularni hisobga olish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda ko‘rgazmali materiallar tarqatildi.
Shuningdek, tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar haqida ham keng ma’lumotlar berildi.