Янгиликлар
18
Sirdaryoda yana bir nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
Sirdaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi. Yangi tashkil etilgan “ECO SFERA” nodavlat notijorat tashkiloti viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni taʻminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash shuningdek ekologiya, atrof muhitning qulay ekologik holatini tashkil etish, oʻsimlik dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ushbu tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.