Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Guliston shahrida "Ziyo ulash" loyihasi doirasida yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi


Guliston shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Ziyo ulash" loyihasi doirasida navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi. Namuna mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularga turli badiiy va huquqiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish, ilmga, ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob o‘qishning foydalari, o‘z ustida ishlashning ahamiyati hamda bilimli va izlanuvchan bo‘lishning bugungi kundagi dolzarbligi haqida tushunchalar berildi.