Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Adliya mahallada


Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Xovos tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning “O‘zbekiston to‘kinchiligi” mahallasida uyma-uy yurish tarzida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida adliya bo‘limi xodimlari mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ularning turmush sharoitlari, huquqiy muammolari, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarni o‘rgandilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, xususan, uy-joy, meros, pensiya, aliment, yerga bo‘lgan huquqlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish kabi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, yuridik yordam olish tartibi, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”, “Huquqiy axborot” telegram kanali kabi elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha ham tushunchalar berildi.