Янгиликлар
22
Yosh kelin-kuyov adliyaga kitoblar sovg‘a qildi
Yangiyer shahar Adliya bo‘limiga tashrif buyurgan yosh kelin-kuyov tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasiga hissa qo‘shish maqsadida bir nechta badiiy kitoblar tuhfa etildi. Ular o‘z sovg‘alari orqali jamiyatda kitob o‘qish madaniyatini mustahkamlash, yoshlarga o‘rnak bo‘lishni ko‘zlaganliklarini bildirdilar.
Sovg‘a qilingan kitoblar Adliya bo‘limi kutubxonasiga topshirilib, fuqarolarning foydalanishi uchun taqdim etildi. Endilikda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelgan har bir fuqaro mazkur kitoblardan bemalol foydalanishi, ularni mutolaa qilishi mumkin bo‘ladi.
“Ziyo ulash” aksiyasi doirasidagi ezgu tashabbuslar viloyat bo‘ylab davom ettmoqda.