Янгиликлар
22
YUKSALISHDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan "Huquqiy targ‘ibot kuni" loyihasi doirasida Yuksalish mahallasida tashkil etilgan tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Xususan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, kiberjinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi noqonuniy faoliyat, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash kabi holatlar haqida ma’lumot berilib, fuqarolar ana shunday holatlarga tushib qolmaslik, hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirildi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.