Янгиликлар
23
Yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot
Guliston shahar YXKM xodimlari tomonidan Guliston shahar "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik" bo‘limi hamda 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish, aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli mafkuraviy tahdidlar va yot g‘oyalarning salbiy ta’siridan asrash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda hafta davomida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.