Янгиликлар
23
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida seminar o‘tkazildi
Yangiyer shahar YXKM xodimlari tomonidan Yangiyer shahridagi 2 va 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga adliya bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.