Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI


Oqoltin tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Oqoltin tumanidagi Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-son qarori, shuningdek yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va tejamkor foydalanish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–133-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Targ‘ibot davomida davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, ularni qo‘llash tartibi, energetika sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.