Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Huquqiy maslahatlar va davlat xizmatlari bilan


Guliston tuman Adliya bo‘limi tomonidan Boyovut mahallasida navbatdagi “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida aholiga jinoyatchilikning oldini olish, moliyaviy piramida o‘yinlari orqali firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik, oilaviy nizolar va ajrimlarning salbiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorining mazmun-mohiyati ham aholiga batafsil tushuntirildi.

Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy muammolari tinglanib, zarur huquqiy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, aholining kundalik huquqiy ehtiyojlariga amaliy yordam ko‘rsatildi.