Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xovosda "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Xovos tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yarmarka tuman hududidagi ishsiz yoshlar, yangi kasb egallagan mutaxassislar, kollej va oliy o‘quv yurtlarini bitirgan bitiruvchilar uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Yarmarkada turli korxona va tashkilotlar o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etishdi.

Tadbir doirasida yoshlar o‘zlariga mos ish o‘rinlarini tanlash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, ishga joylashish tartiblari haqida ma’lumot olishdi. Bundan tashqari, mehnat huquqi, bandlik va mehnat munosabatlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar ham berildi.