Янгиликлар
Shirin shahar musiqa va san’at maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qoshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-403-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi 3636-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” aksiyasi doirasida mehnat munosabatlari, yangi qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha keng maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratildi.