Янгиликлар
24
XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Guliston tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Unda mehnat qonunchiligi, xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari, mehnat va jamoa shartnomasi, mehnatga haq to'lsh, ta'tillar va mehnat munosabatlariga oid boshqa masalalar yuzasidan keng ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, muloqotda hafta davomida yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni mehnat va hayotiy masalalarda qiynayotgan huquqiy muammolar yuzasidansavollariga batafsil javoblar berilib, ushbu muammolarning yechimlari ko‘rib chiqildi.