Янгиликлар
25
Mehnat huquqiga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida mehnat huquqiga oid huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilarga Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Jumladan mehnat shartnomasining tuzilishi va bekor qilinishi tartibi, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnat ta’tili, ish haqi to‘lanishi, ish beruvchi va xodimning huquq va majburiyatlari, mehnat nizolari yuzaga kelganda murojaat qilish tartibi haqida tushunchalar berildi.