Янгиликлар
25
INSONPARVARLIK TAMOYILI AMALDA
Xovos tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman IIB bilan hamkorlikda probatsiya hisobida turgan fuqarolar ishtirokiga targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda insonparvarlik tamoyillari asosida olib borilayotgan islohotlarga alohida to'xtalib o'tildi.
Muloqot davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy moslashuviga ko'maklashish, huquqiy, tibbiy va psixologik yordam berish borasida fikr-mulohazalar bildirilib, bunday shaxslarning majburiyatlari ham batafsil tushuntirildi.
Ucharshuv probatsiya nazoratida turgan shaxslar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish hamda ularni jamiyatda toʻgʻri yoʻlni tanlashi uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ldi.