Янгиликлар
28
Anorzorda fuqarolar muammolari o‘rganildi
Boyovut tuman Adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tumanning Anorzor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uyma-uy yurish orqali muloqot qilindi.
Uchrashuvlar davomida aholining huquqiy muammolari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar o‘rganildi hamda tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Fuqarolar asosan yerga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirish, meros masalalari, ish bilan ta’minlanish, pensiya va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, sud-tergov jarayonlariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bilan chiqishdi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Shuningdek, "Huquqiy axborot kuni" doirasida fuqarolarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha tarqatma materiallar ham yetkazildi.