Янгиликлар
28
Guliston shahrining Sohil mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi
Guliston shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir aholiga amaldagi qonunchilik normalarini tushuntirish, huquqiy masalalar yuzasidan joylarda maslahatlar berish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadiga qaratildi.
Tadbir davomida yer va mulk huquqlari, meros, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy nafaqa va pensiya masalalari, shuningdek, ish bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fuqarolar tomonidan berilgan savollarda adliya mas’ullari batafsil javob berishdi.
Bundan tashqari, muloqotda firibgarlik, korrupsiya, odam savdosi kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.