Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Mirzaobod tumani adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida Navro‘z mahallasida joylashgan 6-sonli Musiqa va san’at maktabi binosida "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Yarmarkada tuman hududidagi 4 ta xususiy korxona tomonidan 35 ta hamda byudjet tashkilot va muassasalar tomonidan 178 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Tadbirda 15 nafar probatsiya ro‘yxatida turgan fuqarolar, 35 nafar ishsiz ayollar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.