Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mirzaobod tumanida davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi


Bugun Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasidagi yangiliklar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari, shuningdek, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Muloqot davomida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilariga so‘nggi yangiliklar, ya’ni yangi joriy etilgan elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi va foydalanuvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.