Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Press-tur o‘tkazildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida jurnalistlar va blogerlar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, jumladan, fuqarolarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda mazkur yo‘nalishdagi so‘nggi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlarida aholiga zamonaviy texnologiyalar asosida tezkor va shaffof xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Press-tur ishtirokchilari mazkur yangiliklarni amalda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.