Янгиликлар
29
Mirzaobod tumanida “Yoshlar va qonun” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tanlovda ishtirokchi jamoalar 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Ularning huquqiy savodxonligi va bilim darajasi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Belgilangan shartlar yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Navro‘z” mahallasi jamoasi, 2-o‘rinni “Dehqonobod” mahallasi, 3-o‘rinni “Oqoltin” mahallasi yoshlari egallashdi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan “Navro‘z” mahallasi jamoasi tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularda qonunlarga hurmat ruhini singdirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.