Янгиликлар
29
YOSHLARNING MUAMMOLARI O'RGANILDI
Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi shtabi a'zolari tomonidan Boyovut, Guliston tumanlari hamda Shirin shahrida adliya organlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari va kelajak rejalari o‘rganildi. Ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.