Янгиликлар
30
Navbahorliklar sayyor davlat xizmatlaridan mamnun
Mirzaobod tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi Navbahor mahalla fuqarolar yig'inida sayor davlat xizmatlari tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda dastlab qonunchilikdagi yangiliklar, kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida 25 ta dehqon xo'jaliklari davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Shu bilan birga, ERI kalitini oish, kadastr hujjatini shakllantirish, bolani maktabgacha ta'lim tashkilotiga ro'yxatga qo'yish, turli mazmundagi ma'lumotnomalarni olish kabi xizmatlar bo'yicha arizalar qabul qilindi.
Shuningdek, xufiyona iqtisodiyotini oldini olish, kontrafakt mahsulotlari, energiyani tejash, firibgarlik jinoyatini oldini olish yuzasidan ochiq muloqot qilinib, qonunchilik asoslari tushuntirildi.