Янгиликлар
30
O‘rikzorda “Huquqiy targ‘ibot kuni”
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan O'rikzor mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning huquq va majburiyatlari, davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar, yangi qonun va me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar, notarial harakatlar va FHDY xizmatlaridan foydalanish yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.
Muloqotlar davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga joyida javoblar oldi va kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, adliya xodimlari uyma-uy yurib, aholi muammolarini o'rganishdi.
Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.