Янгиликлар
30
Shirin shahrida oilaviy ajrimlarning oldi olinmoqda
Shirin shahar A.Temur MFYda mutasaddilar tomonidan nikohni bekor qilish uchun ariza bergan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, oilaning muqaddasligi, uni mustahkamlashda onaning oqilaligi, otaning mas’uliyatli pozitsiyasi hamda farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, yarashtirishga erishildi. Bu orqali oila mustahkamligini ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlash va farzandlarning to‘laqonli tarbiyasini kafolatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.