Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

"Yangi hayot"da "Huquqiy targ'ibot kuni"


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi Huquqiy targ‘ibot kuni tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan meros, uy-joy, aliment, yer va mulk huquqlari bilan bog‘liq huquqiy muammolar tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi. Qator masalalar joyida hal etildi, ayrimlari bo‘yicha esa ish yurituvga qabul qilinib, qonunchilik talablari asosida o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar tushuntirildi hamda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron hukumat tizimi imkoniyatlari, FHDY, notariat, pensiya va nafaqa bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.