Янгиликлар
30
Aholining huquqiy muammolari o‘rganildi
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish va huquqiy muammolarini aniqlash maqsadida "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir doirasida aholining uy-joy va yer uchastkalarini rasmiylashtirish, meros masalalari, oilaviy nizolar, xususan, ajralish holatlarida aliment to‘lash, bola parvarishi va vasiylik bo‘yicha mavjud muammolari o‘rganilib, joyida huquqiy maslahatlar berildi.
Murojaat etuvchi fuqarolarning har bir masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar ish yurituvga qabul qilindi hamda amaliy choralar ko‘rilishi belgilab olindi.